
Benzema "Real"dan ketishini biladi
“Real” hujumchisi Karim Benzema kelasi mavsum o‘zi uchun Madrid klubidagi so‘nggi ekanini biladi, deb yozmoqda Diario AS nashri.
Frantsiyalik to‘purarning amaldagi shartnomasi joriy yilning yozida tugaydi. “Qirollik klubi 35 yoshli futbolchi bilan hamkorlikni yana bir mavsum uzaytirishga qaror qilgan.
2024 yilning yozida “Real” Benzema o‘rniga Kilian Mbappe yoki Erling Xolandni olib kelishni rejalashtirmoqda.
Benzema 2009 yildan beri “Real” sharafini himoya qilib kelmoqda. Shu paytga qadar u besh marotaba Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi. O‘tgan mavsumda yilning eng zo‘r futbolchisiga beriladigan “Oltin to‘p” sovrinini qo‘lga kiritdi.
Fikrlar