Benzema "Real" mashg‘ulotlarida qatnashmadi, u ertangi o‘yinda ishtirok etmasligi mumkin

  • 27 aprel, 2019, 16:48
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Real" klubi hujumchisi Karim Benzema jamoa mashg‘ulotlarida ishtirok etmadi.

Tecno

Marca nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 31 yoshli frantsiyalik futbolchi katta extimol bilan ertaga "Rayo Valekano"ga qarshi bo‘lib o‘tadigan bahsni o‘tkazib yuboradi.

Shuningdek mashg‘ulotlarda Serxio Ramos va Alvaro Odriosolalar ham qatnashishmadi. Ularning ikkalasida ham jarohat mavjud.

Ma’lumot uchun, Benzema joriy mavsum “qirollik klubi” safida jami 51ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 30ta gol hamda 10ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Eslatib o‘tamiz, “Rayo Valekano” – “Real” uchrashuvi ertaga Toshkent vaqti bilan soat 23:45da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!