Benzema o‘rnini supertalant egallaydi

  • 26 iyun, 2022, 12:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniyaning  AS nashri “Real” rahbariyati yaqin kelajakda asosiy to‘purar Karim Benzemaning o‘rnini egallashga qodir hujumchi qidirayotgani va o‘zi istagan o‘yinchini olis Braziliyadan topgani haqida xabar berdi.

Tecno

Manbaning ta’kidlashicha, madridliklar “Botafogo”da to‘p tepayotgan 18 yoshli Mateus Nasimentoni Evropaga ko‘chirib kelishga qaror qilgan.

Ular bu transferni uddalay olsa, yosh futbolchi “Real” o‘yin uslubini o‘zlashtirib olishi uchun ikkinchi jamoada o‘ynab turishi borasida bir qarorga kelgan.

Joriy mavsumda Nasimento barcha turnirlarda 18 marotaba maydonga tushib, raqiblar darvozasini etti marotaba ishg‘ol qildi.

Mutaxassislar bu vunderkind yaqin kelajakda juda kuchli hujumchiga aylanishi mumkinligini ta’kidlamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!