
Benzema “Oltin to‘p”ni Kurtua qo‘lga kiritsa xursand bo‘ladimi? Futbolchi javob berdi
Bugungi kunda Karim Benzema "Oltin to‘p" uchun asosiy da’vogar sanaladi. Madridning “Real” klubining frantsiyalik hujumchisi jamoadoshi, darvozabon Tibo Kurtua mazkur sovrinni olsa, xursand bo‘lasizmi, degan savolga javob berdi.
"Menimcha, Tibo Kurtua - dunyodagi eng yaxshi darvozabon. "Oltin to‘p"ga kelsak, bu borada sizga hech narsa ayta olmayman”, — dedi Benzema “ESPN” nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, belgiyalik posbon Evropa Chempionlar ligasining eng yaxshi darvozaboni unvonini qo‘lga kiritgan.
Fikrlar