Benzema: Makkada mazza qilasan!

  • 13 oktabr, 2023, 16:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real”dagi yulduzli faoliyatidan keyin Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” jamoasiga ko‘chib o‘tgan Karim Benzema bu qarorining sabablaridan birini ochiqladi.

Tecno

- Saudiya Arabistoni musulmon davlat, bu erda meni quchoq ochib kutib olishdi. Makkada yursang o‘zingni xotirjam his qilasan.

Saudiya Arabistonining futboldagi loyihalari yo‘lga qo‘yilganda har tomonlama juda katta ish bo‘ldi. Bu mamlakat futboli rivojiga hissa qo‘shish uchun bu loyihaning bir bo‘lagiga aylangim keldi.

Men mahalliy chempionatning saviyasidan mamnunman. Bu holatni ko‘rib, hayron bo‘ldim. Chunki Evropadaligimda Saudiya klublari ishtirokidagi uchrashuvlarni juda kam ko‘rgan edim, - dedi Karim Benzema.

Benzema joriy mavsumda “Al-Ittihod” safida 11 ta uchrashuvda maydonga tushib, oltita gol va uchta assist muallifi bo‘ldi. Uning amaldagi shartnomasi 2026 yilning 30 iyunigacha davom etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!