Benzema La Ligadagi maqsadlari va mavsumning eng muhim o‘yini haqida fikr bildirdi
Madridning "Real" klubi a’zosi Karim Benzema "Valensiya"ga qarshi (1:1) o‘yindan so‘ng mavsumdagi maqsadlari haqida aytib o‘tdi.
- Joriy mavsum La Ligada g‘alaba qozonishni istayman, shu maqsadda jamoamga ko‘limdan kelgancha yordam beraman. Men "Real"ning uchinchi sardoriman va bu mening vazifamdir.
Kamp-noudagi uchrashuvlar ("Barselona"ga qarshi o‘yin haqida) hamma vaqt og‘ir kechadi va ushbu qarama-qarshilik mavsumning eng muhim bahsidir. Umid qilamanki, biz g‘alaba qozonamiz, - deya Benzemaning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Marca nashri.



Fikrlar