
Benzema futbolni yaxshi ko‘rishiga kim sababchi bo‘lgan?
"Real" hujumchisi Karim Benzema Ronaldoning o‘yinlariga havas qilganligini ta’kidlab o‘tdi.
"Meni lol qoldirgan inson haqida gapiradigan bo‘lsam, bunga bir og‘iz gap bilan javob bera olmayman. Hayotda meni hayron qoldirgan insonlar ko‘p, ammo futbolni misol qiladigan bo‘lsam, bu borada braziliyalik Ronaldoning muxlisi bo‘lganman. Aynan, u meni futbolni sevishimga sababchi bo‘lgan.
Barchasiga uning o‘yinlari sabab bo‘lgan, ammo shundoq ham buni hamma biladi.
Endi umumiy sportni misol qilaman. Men basketbol muxlisi bo‘lmasam ham Maykl Jordan nimalar qilgani va "Chikago"da qanday o‘yinlar ko‘rsatganligini bilaman. Men Mayk Tayson nomini ham tilga olaman, chunki u haqiqiy kuch egasi," - dedi Benzema o‘zining Youtube kanalida.
Fikrlar