
Benzema futbol o‘ynamaydigan bo‘ldi
“Oltin to‘p”ning amaldagi sohibi Karim Benzema faoliyatida qisqa tanaffus qiladi. Manbalarning ta’kidlashicha, frantsiyalik hujumchi “Real”ning bir necha o‘yinida ishtirok etmaydi.
Ma’lumotlarga qaraganda, Karim Benzema mashg‘ulotlarda ishtirok etmayapti va jamoasining La Liga hamda Chempionlar ligasidagi uchrashuvlariga jalb qilinmaydi. Karimda hech qanday jarohat yo‘q.
Lekin 34 yoshli futbolchi o‘zini yomon his qilmoqda. Jahon chempionati oldidan kuchini tejash va organizmini tiklab olish uchun o‘ynamay turishni ma’qul ko‘rdi.
Benzema bu mavsumda o‘n bitta uchrashuvda maydonga tushib, oltita gol va bitta golli uzatma muallifi bo‘ldi.
Fikrlar