Benzema Frantsiyaga ketgan Messiga etib olyapti

  • 13 yanvar, 2023, 08:38
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Real" klubi hujumchisi Karim Benzema Ispaniya Superkubogining 5 uchrashuvida gol urdi.

Tecno

Frantsiyalik futbolchi "Valensiya" bilan o‘yinning (1:1) ikkinchi bo‘limida penaltini aniq amalga oshirib, hisobni ochdi.

Benzema bungacha 2011, 2017, 2020 va 2021 yillarda Ispaniya Superkubogida gol urgan. Bu tarixdagi ikkinchi natijadir. "Barselona" sobiq futbolchisi Lionel Messi 8 ta o‘yinda gol urgan bo‘lib, mutlaq rekordchi hisoblanadi.

Shuningdek, Karim Ispaniya superkubogi uchun o‘yinlarda eng keksa gol mualliflari ro‘yxatida ikkinchi bo‘ldi. U 35 yoshu 23 kunligida gol urdi. "Qaymoqranglilar" yarim himoyachisi Luka Modrich 36 yoshu 129 kunligida to‘p kiritishga erishgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!