
Benzema 200 million evrodan voz kechib, masalaga nuqta qo‘ydi
“Real” to‘purari Karim Benzemaning ketishi haqidagi xabarlar bir necha kun davomida matbuotni qaynatdi.
Biroq, frantsiyalik hujumchi Saudiya Arabistoni klubidan bo‘lgan 200 million evrolik taklifni rad etib, “Real” uchun yana bir mavsum o‘ynab berishga qaror qildi. Shu tariqa, Benzema turli mish-mish va shov-shuvlarga nuqta qo‘ydi.
COPE nashrining ma’lum qilishicha, “Real” rahbariyati ham Karimning ketishiga ishonib, u bilan xayrlashuv marosimini tashkil qilishga kirishgandi. 35 yoshli futbolchining Madridda qolish haqidagi qarori mutasaddilarga yaxshi yangilik bo‘ldi.
Karim Benzema 2009 yildan beri madridliklar sharafini himoya qilib kelmoqda. O‘tgan yili tajribali o‘yinchi jamoasining Ispaniya chempionati va Chempionlar ligasida g‘olib chiqishiga katta hissa qo‘shdi.
Buning oqibatida mavsumning eng zo‘r futbolchisiga beriladigan “Oltin to‘p” sovrinini qo‘lga kiritdi.
Fikrlar