Benzema, Modrich, Kroos – “Real” kimdan voz kechadi?

  • 20 yanvar, 2023, 12:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” mavsum yakunlanganidan keyin o‘z safida o‘ynayotgan tajribali yulduzlar – Karim Benzema, Luka Modrich va Toni Kroosdan biri bilan xayrlashishga to‘g‘ri keladi.

Tecno

Bu haqda taniqli jurnalist Xosep Pedrerol  ma’lum qildi.

Bu o‘yinchilarning  barchasida shartnomasi yakunlanib bormoqda.  Hali klub mutasaddilari hech kimga yangi bitim taklif qilgani yo‘q.

Bir necha manbalar “Qirollik klubi” Karim Benzema o‘rnini bosishga qodir hujumchi qidirayotganini yozmoqda. Shuningdek, madridliklar maydon markazini ushlab tura oladigan yarim himoyachi ham oladi.

Toni Kroos yaqinda agar klub unga yangi shartnoma taklif qilmasa, professional futbolchilik faoliyatini yakunlashi mumkinligini bildirgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!