
Benitesning "Everton"dagi ilk transferi "Barsa" futbolchisi bo‘lishi mumkin
“Barselona” himoyachisi Kleman Langle faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Fichajes nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 26 yoshli frantsiyalik futbolchiga “Everton”dan jiddiy qiziqish paydo bo‘lgan. Uni jamoa bosh murabbiyi Rafael Benites tarkibda ko‘rmoqchi. Aynan Langle Benitesning “irischilar” boshqaruvidagi ilk transferi bo‘lishi mumkin.
“Barselona” Langleni 2018 yil “Sevilya”dan 36 mln evro evaziga sotib olgan edi. U o‘tgan mavsum “ko‘k-anor ranglilar” safida jami 48 o‘yinda ishtirok etdi va bitta gol urdi.
Kleman Langle 2019 yildan buyon Frantsiya terma jamoasi a’zosi hisoblanadi.
Fikrlar