"Benfika" prezidenti: "Real" Karreras bo‘yicha taklif jo‘natmagan"

  • 25 iyun, 16:29
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Benfika" prezidenti Ruy Koshta "Real Madrid" faol qiziqish bildirayotgan chap qanot himoyachisi Alvaro Karreras haqidagi savolga javob berdi.

Tecno

"Real" bizga taklif bilan chiqishi kerak. Hozircha hech narsa kelmadi. Agar ular taklif qilishsa, keyin nima bo‘lishini ko‘ramiz. Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida o‘ynab yurgan paytimiz transfer uchun noqulay vaqt. Hozir Karreras shu erda, biz bilan," - deya Kostuning so‘zlarini keltiradi Madrid Universal.

Avvalroq OAVda "qaymoqranglilar" Karreras transferi uchun 45 mln evro to‘lashi haqida xabarlar tarqalgan edi. Ta’kidlanishicha, 22 yoshli futbolchi Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida Ispaniya grandi tarkibida o‘ynashi kerak bo‘lgan. Biroq, turnir 14 iyun kuni boshlangan va futbolchining transferi amalga oshmay qolgan. Insayderlar talqiniga ko‘ra, "Benfika"ga Madrid klubining taklifi ma’qul kelmagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!