"Benfika" "Liverpul" darvozaboniga qiziqib qoldi

  • 24 iyul, 2019, 09:42
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" klubi darvozaboni Simon Minole joriy yozgi transferlar davrida jamoasini o‘zgartirishi mumkin.

Tecno

A Bola nashrining xabar berishicha 30 yoshli belgiyalik posbonga "Benfika" jiddiy qiziqish bildira boshlagan. Gap shundaki, lissabonliklar "Yuventus" darvozaboni Mattia Perin bilan kelishuvga erisha olishmagach, aynan Minole nomzodiga to‘xtalishgan.

Ma’lumot uchun, Minole o‘tgan mavsum “Liverpul” safida bor yo‘g‘i 2ta o‘yinda ishtirok etdi xolos. Uning taxminiy transfer narxi 8 mln evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!