"Benfika" Felishni "Yuventus"na sotishni istamadi

  • 14 aprel, 2019, 11:43
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turinning "Yuventus" klubi "Benfika" vingeri Joau Felishni qo‘lga kiritishga urunib ko‘rdi.

Tecno

O Jogo nashri tarqatgan xabarga qaraganda “keksa sinora” 19 yoshli portugaliyalik “yangi Ronaldu” uchun lissabonliklarga 75 million evro taklif qilishgan, ammo, yakunda rad javobini olishgan.

“Benfika” Felishni 120 million evroga baholamoqda. Ta’kidlash kerakki, futbolchining shartnomasida aynan mana shuncha tovon puli belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, Felish uchun shuningdek “Barselona” va “Real” kabi grandlar ham da’vogarlik qilishmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!