"Benfika" Felishni "Real"ga sotmadi
Madridning "Real" klubi "Benfika" vingeri Joau Felishni sotib olishga urunib ko‘rdi.
AS nashri tarqatgan xabarga qaraganda “qirollik klubi” lissabonliklarga 19 yoshli futbolchi uchun 80 million evro va qo‘shimcha 40 mln evro bonus taklif qilgan. Biroq, ularning bu taklifi rad etilgan.
Gap shundaki, “Benfika” “yangi Ronaldu” deya e’tirof etilayotgan Felishni bonuslardan tashqari 120 mln evroga sotmoqchi.
Ta’kidlash kerakki, Felish uchun ayni damda "Atletiko", "Barselona", "Manchester Siti", "Manchester Yunayted" va "Yuventus" klublari ham jiddiy kurash olib borishmoqda.
Ma’lumot uchun, Felish o‘tgan mavsum “Benfika” safida jami 42ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 20ta gol hamda 8ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.



Fikrlar