
Belsa 28 yillik antirekordini qayd etdi
"Lids" Angliya Premer ligasining navbatdagi tur uchrashuvida "Manchester Yunayted"ga (2:6) yirik hisobda imkoniyatni boy berdi.
Marselo Belsa "Nyuells Old Boyz"ni boshqargan paytida 1992 yilning fevralida o‘z darvozasidan 6 ta to‘p olib chiqqan (Libertadores kubogi doirasida "San-Lorentso"ga qarshi bahsda 0:6 hisobida mag‘lub bo‘lgan) va 28 yil, deganda ilk bor uning jamoasi shuncha gol o‘tkazib yubordi.
Belsa Bu davr mobaynida "Atlase", "Amerika", "Veles Sarsfild", "Espanole", "Atletik", "Marsel", "Lill" va "Lids" klublariga ustozlik qildi.
Fikrlar