
Bellingem Ronalduni xafa qildi
“Real”ning ko‘p rekordlari bu jamoada porlagan Krishtianu Ronalduga tegishli. Biroq portugaliyalik yulduzdan ham zo‘r natija qayd etayotgan futbolchi bor.
Jud Bellingem Ispaniya chempionatining to‘qqizinchi turida “Osasuna” darvozasiga ikkita to‘p kiritib, jamoasining g‘alabasiga katta hissa qo‘shdi.
Shu bilan birga 20 yoshli futbolchi “Real” tarkibida dastlabki o‘nta o‘yinda ko‘p gol urish bo‘yicha yangi rekord o‘rnatdi. Bellingem jamoaga kelganidan beri dastlabki o‘nta uchrashuvda o‘nta gol va uchta assist muallifi bo‘ldi.
Krishtianu Ronaldu madridliklar safidagi ilk o‘nta o‘yinda to‘qqizta gol va bitta assist muallifi sifatida rekord o‘rnatgani qayd etilgan edi.
Fikrlar