Bellingem “Real”ning eng katta muammosini aytdi

  • 18 sentabr, 2024, 18:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” etakchisi Jud Bellingem jamoa mvsum boshida to‘qnash kelgan eng katta muammo nimada ekanini aniq tushuntirib berdi.

Tecno

- Biz o‘yinga qayta moslashishga qiynalyapmiz. Toni Kroosning yo‘qligi o‘yin ritmi va harakatlarimizga ta’sir o‘tkazyapti.

Toni o‘ziga xos o‘yinchi edi va uning o‘rnini bosish imkonsiz.

Biz bu muammoga boshqa echim topishimiz, maydon markazidagi bo‘shliqni qaeday to‘ldirishni hal qilishimiz talab etiladi, - dedi Jud Bellingem.

Markaziy yarim himoyachi Toni Kroos yozda professional ftbolchilik faoliyatini yakunladi. “Real”ga 2014 yili kelgan nemis futbolchisi madridliklar uchun 464 ta uchrashuvda maydonga tushib, 28 ta gol va 98 ta assist muallifi bo‘lgan.

Bosh murabbiy Karlo Anchelotti va klub rahbariyati iltimosiga qaramay, Toni Kross jamoa bilan yangi shartnoma tuzmadi va butsasini mixga ildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!