Bellingem muvaffaqiyatli operatsiya qilindi

  • 16 iyul, 21:39
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real Madrid" klubi yarim himoyachi Jud Bellingemning elkasidan o‘tkazilgan jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli o‘tganini rasman e’lon qildi.

Tecno

Angliyalik futbolchida bu muammo 2023 yil noyabridan beri kuzatilayotgan edi. Madridliklar amalga oshirgan tibbiy operattsiya orqali uning sog‘ligi barqarorlashishi kutilmoqda.

Oldinroq Bellingemning to‘liq tiklanishi uchun 10–12 hafta talab etilishi aytilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda u La Liganing 31 uchrashuvida ishtirok etib, 9 ta gol va 8 ta golli uzatma qayd etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!