Bellator dan UFC ga — kimlar o‘zini ko‘rsata oldi, kimlar esa yo‘q?

  • 28 avgust, 14:59
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Oxirgi yillarda Bellator da yutuqqa erishgan ko‘plab jangchilar UFC da o‘zini sinab ko‘rishga qaror qilgan. Biroq, amalda bu o‘tish hamma uchun ham muvaffaqiyatli bo‘lganicha yo‘q. Quyida Bellator dan UFC ga o‘tgan ba’zi jangchilar va ularning yangi ligadagi taqdiri haqida qisqacha tahlil qilamiz:

Tecno

Uill Bruks (AQSh): 2016 yilda UFC bilan shartnoma imzolaganida MMA dagi rekordi 17-1 edi. U ikki bor Maykl Chendlerni mag‘lub etgan. Ammo UFC da 1-3 natija ko‘rsatib, ligadan chiqarib yuborildi.

Aleksandr Volkov (Rossiya): Bellator chempioni bo‘lgan yagona rossiyalik. U UFC dagi eng muvaffaqiyatli o‘tishlardan biri. Hozirga qadar og‘ir vazn toifasida TOP-5 da mustahkam o‘rin egallab kelmoqda.

Eddi Alvares (AQSh): Bellator va UFC chempionligini qo‘lga kiritgan yagona jangchi. Garchi UFC dagi umumiy rekordi 4-3 bo‘lsa-da, u faqat kuchli raqiblar bilan jang qilgan.

Gektor Lombard (AQSh): o‘rta vaznda Bellator chempioni, UFC da dastlab yaxshi natija qayt etgan (3-2), ammo USADA (anti-doping agentligi) nazoratidan so‘ng ketma-ket 6 mag‘lubiyatga uchrab, chetlatilgan.

Layman Gud (AQSh): Bellator tarixida 77 kg dagi ilk chempion. Uning UFC dagi rekordi — 3 g‘alaba, 3 mag‘lubiyat. Amerikalik 2020 yilda ligani tark etgan.

Zak Makovski (AQSh): o‘ta engil vaznda Bellator chempioni. UFC dagi rekordi 3-4.

Jo Soto (AQSh): yarim engil vazn toifasida Bellator chempion bo‘lgan. UFC da 3-5 natija bilan 2018 yilda ro‘yxatdan chiqarildi.

Patrik Miks (AQSh): Bellator da Pound-for-Pound ro‘yxatida etakchi edi. Biroq u UFC dagi debyut jangidayoq mag‘lubiyatga uchradi.

Ben Askren (AQSh): Rasmiy jihatdan ONE FC dan o‘tgan, ammo avval Bellator da 4 bor chempionlik kamarini himoya qilgan. Amerikalik UFC da 1 g‘alaba va 2 mag‘lubiyat (muddatidan oldin) qayd etib, iste’foga chiqdi.

Maykl Chendler (AQSh): Bellator da 10 yil davomida 3 karra chempion bo‘lgan. UFC da esa 2-5 natija ko‘rsatib, yuqori darajadagi jangchilarga qarshi g‘alaba qozona olmayapti.

Xulosa qilib aytganda, Bellator dan UFC ga o‘tgan jangchilar orasida faqat ikki nafari — Eddi Alvares va Aleksandr Volkov — yuqori darajadagi natijalarni ko‘rsata oldi.

Qolgan jangchilar esa UFC darajasida o‘zini ko‘rsata olmadi. Bu esa yana bir bor shuni isbotlaydiki, PFL dagi Gran-pri yutuqlari yoki Bellator chempionligi hali jangchining dunyo darajasida ekanini ko‘rsatmaydi. Asl sinov — bu UFC oktagonida!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!