
Belgiya terma jamoasidan ham koronavirus chiqdi
Belgiya terma jamoasi futbolchisida koronavirus aniqlandi. Aniqrog‘i, "Bryugge" klubidan terma jamoaga jalb etilgan himoyachi Brendon Mexelening COVID-19 ga topshirgan testi musbat natija berdi.
27 yoshli futbolchida kasallik aniqlangach, uni darhol terma jamoa safidan chiqarishgan.
Belgiya terma jamoasi bugun UEFA Millatlar ligasining 2-turi doirasida Islandiyaga qarshi bahs olib boradi.
Fikrlar