
Belgiya futbol assotsiatsiyasi futbol infratuzilmasi o‘rganildi
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Sport vaziri Adham Ikramov, O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov, O‘FA vitse-prezidenti Odil Ahmedov, terma jamoalar bo‘limi rahbari Usmon Toshev, O‘FA terma jamoalar markazi texnik direktori Gi Kiala hamda FIFA texnik departamenti bosh mutaxassisi Mishel Sablon bilan birgalikda Belgiya futboli tizimi bilan yaqindan tanishdi.
Belgiya Evropada etuk futbol mamlakatlaridan biri hisoblanadi. Tanishuv jarayonida mazkur mamlakat futbol assotsiatsiyasida ishning tashkil etilishi, infratuzilma, terma jamoalar markazi, futbol maydonlari, tibbiy markaz, futbolchilarning yashashi va ovqatlanish tartibi, murabbiylar ta’limi hamda faoliyati uchun yaratilgan sharoitlar, ilmiy yo‘nalishdagi ishlar muhokama etildi.
Belgiya futbol assotsiatsiyasi rahbariyati bilan yaqindan hamkorlik qilish istiqbollari hamda kelajakda ikki mamlakat terma jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvlari tashkil etish borasida kelishib olindi.
O‘FA matbuot xizmati.
Fikrlar