Belerin La Ligaga qaytmoqchi

  • 29 mart, 2023, 06:46
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Sobiq "Barselona" futbolchisi Ektor Belerin La Ligaga qaytishi mumkin. Gap shundaki, himoyachi "Real Betis"ga o‘tishni istaydi va muzokaralar o‘tkazilmoqda, deya xabar berdi Fabritsio Romano. 

Tecno

Belerin 2021/22 mavsumda sevilyaliklar tarkibida ijara asosida o‘ynagan. U Ispaniya klubidagi faoliyatidan mamnun bo‘lib, qolishga harakat qilgandi. Ammo "Arsenal" va "Betis" kelishuvga erisha olmagan. Agarda ushbu transfer amalga oshsa, 28 yoshli futbolchi 1 yil davomida 3 marta jamoa almashtirgan kam-kamdan o‘yinchilar qatoriga kiradi. 

Belerin ayni dam faoliyatining eng yaxshi damlarini o‘tkazmayapti. U "Barsa"da zahiraga o‘tirib qoldi. Bundan tashqari, "Sporting"da ham jarohat olib, mavsumning muhim pallasini o‘tkazib yubormoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!