
Belerin Ispaniyaga qaytishi mumkin
“Arsenal”ning qanot himoyachisi Ektor Belerin faoliyatini o‘z vatanida davom ettirishi mumkin. Bu haqda ABC de Sevilla nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, “Betis” vakillari Belerinning transferi borasida “kanonirlar” rahbariyati bilan muzokara boshlagan. Ektorning “Arsenal” bilan amaldagi shartnomasi tugashiga yana 2 yil bor, ammo bosh murabbiyi Mikel Arteta uni yangi mavsum rejasiga kiritmayapti. Shu bois ham londonliklar uni transferga qo‘yishmoqchi.
Belerin asli “Barselona” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U “Arsenal” safida 2013 yildan buyon to‘p surib kelmoqda.
U joriy mavsum premer-ligada jami 25 ta o‘yinda maydonga tushdi. Belerin ushbu uchrashuvlarda 1 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar