Belerin "Arsenal"ga qaytmoqchi emas

  • 1 iyun, 2022, 15:52
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Arsenal" himoyachisi Ektor Belerin yozgi transfer oynasida jamoasini o‘zgartiradi, deya xabar bermoqda jurnalist Matteo Moretto.

Tecno

Insayderning so‘zlariga ko‘ra, Ektor o‘tgan mavsum ijara asosida o‘ynagan "Betis" klubida qolishni xohlamoqda.

Shuningdek, ispaniyalik futbolchi xizmatiga Italiyaning “Fiorentina” klubi ham jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Belerinning "Arsenal" bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilgacha mo‘ljallangan. U o‘tgan 2021/2022 yilgi mavsumda “Betis” safida 32 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!