Belerin 2016 yildan buyon ilk bor terma jamoaga chaqirildi

  • 8 noyabr, 2020, 13:23
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Arsenal”ning o‘ng qanot himoyachisi Ektor Belerin Ispaniya terma jamoasidan chaqiruv oldi.

Tecno

Terma jamoa rasmiy saytining xabar berishicha, “Sevilya” futbolchisi Xesus Navasning jarohat olgani tufayli uning o‘rnini Belerin egallagan.

Ta’kidlash kerakki, Ektor Ispaniya terma jamoasida “Evro-2016” oldidan 3 ta o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etgan. Ammo “Evro-2016”ning barcha o‘yinlarida zaxirada o‘tirgan va shundan so‘ng terma jamoaga boshqa chaqirilmagan edi.

Ispaniya terma jamoasi noyabr oyida Gollandiya (o‘rtoqlik o‘yini), Shveytsariya va Germaniyaga (Millatlar ligasi) qarshi bahs olib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!