
Belbog‘li kurash: Mingbuloqda O‘zbekiston chempionlari aniqlandi
Joriy yil 21-24-avgust kunlari Namangan viloyati Mingbuloq tumanidagi sport maktabida belbog‘li kurash bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bellashuvlari bo‘lib o‘tdi. Chempionatda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardan 400 nafarga yaqin polvon ishtirok etdi.
Yuqori saviyada tashkil etilgan ushbu chempionatda erkaklar belbog‘li kurashning erkin va klassik yo‘nalishlarida 8 tadan vazn toifasida, ayollar esa belbog‘li va erkin yo‘nalishda 5 tadan vazn toifasida g‘oliblik uchun kurash tushishdi.
Quyida o‘z vazn toifalarida mamlakat chempionligini qo‘lga kiritgan sportchilar bilan tanishing:
Erkaklar (belbog‘li yo‘nalish)
-57 kg: Nodirbek Abdumalikov (Farg‘ona),
-62 kg: Shoxruh Zokirov (Toshkent vil.),
-68 kg: Oybek Sultonov (Andijon),
-75 kg: Nusratbek Sultonboev (Andijon),
-82 kg: Husniddin Ro‘ziev (Andijon),
-90 kg Shohjahon Ortiqov (Toshkent vil.),
-100 kg: Nodirbek Ahadjonov (Toshkent sh.)
+100 kg: Baxtiyor Jumaboev (Sirdaryo).
Ayollar (belbog‘li kurashning erkin yo‘nalishi)
-52 kg: Fotima Tursunboeva (Namangan),
-58 kg: Biybigaoxar Polatbaeva (Toshkent vil.),
-66 kg: Ullijon Davletova (Xorazm),
-76 kg: Felura Ergasheva (Qashqadaryo),
+76 kg: Raxima Yo‘ldosheva (Xorazm).
Erkaklar (erkin yo‘nalish)
-57 kg: Husanboy Nosirov (Andijon),
-62 kg: Jahongir Hayitov (Namangan),
-68 kg: Anvarjon Qutbiddinov (Namangan),
-75 kg: Xolmirza Hasanboev (Toshkent vil.),
-82 kg: Og‘abek Amatboev (O‘zDJTSU),
-90 kg: Oybek Muhammedov (Farg‘ona),
-100 kg: Obidali Mavlonov (Farg‘ona),
+100 kg: Islom Nosirov (Sirdaryo).
G‘olib va sovrindorlar medal, diplom va estalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi. Shu o‘rinda ta’kidlash lozim, ushbu musobaqada g‘oliblikni qo‘lga kiritgan sportchilar sentyabr oyida belbog‘li kurash bo‘yicha Namangan shahrida bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatida qatnashish huquqini qo‘lga kiritadi.
Fikrlar