Belbog‘li kurash dunyo bo‘ylab quloch yozmoqda

CHERY AUTO

Milliy  sport turimiz bo‘lgan belbog‘li kurashni Osiyo davlatlari bo‘ylab keng ko‘lamda rivojlantirish uchun Osiyo belbog‘li kurash konfedratsiyasi hamda O‘zbekiston belbog‘li kurash federatsiyasi tomonidan izchil islohotlar olib borilmoqda.

Tecno

Osiyo davlatlarida Belbog‘li kurash federatsiyalari sonini ko‘paytirish, a’zo davlatlarda belbog‘li kurashni ommalashtirish borasida xalqaro hamkorlik ishlariga  alohida e’tibor qaratilgan. Xususan, Osiyo belbog‘li kurash konfedratsiyasi prezidenti Mo‘min Muratov,  O‘zbekiston belbog‘li kurash federatsiyasi raisi Ravshan Dastirov joriy yilning 1 sentyabr kuni Turkiyaning  Istanbul  shahrida joylashgan Dunyo etnosport ittifoqining bosh ofisiga tashrif buyurishib, sport bo‘yicha xalqaro aloqalar direktori Tugba Karagulle bilan belbog‘li kurashni rivojlantirish masalalariga doir davra suhbati o‘tkazishdi.

Quvonarlisi, uchrashuv doirasida belbog‘li kurash sport turini mamlakatimizda va Osiyoda keng rivojlantirish, etnosport tarkibida qator turnirlar tashkil etish, Dunyo etnosport  ittifoqi tomonidan ilk bor yo‘lga qo‘yilayotgan "multi o‘yinlar" xalqaro musobaqasida belbog‘li kurashni ham qo‘shilishi borasida qator  kelishuvlarga erishildi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!