
Belarusda futbolchilar o‘yindan so‘ng bo‘sh tribunaga qarata qarsak chaldi (foto)
Belarus chempionati 3-turidan o‘rin olgan "Shaxtiyor Soligorsk" jamoasiga qarshi bahsdan so‘ng (0:0) Grodnoning "Neman" jamoasi bo‘sh turgan fan-sektor oldiga borib, odatiy tarzda "muxlislarga raxmat aytishdi".
Qayd etish joiz, "Neman" muxlislari ayni vaqtda butun dunyoda keng tarqalgan koronavirus pandemiyasi bois o‘z faolligini to‘xtatib qo‘ygan.
"Shaxtyor"ga qarshi uchrashuvdan so‘ng yigitlarimiz odatdagidek tribuna oldiga borishdi. U erda hech kim bo‘lmasada, biz sizlarning qo‘llab-quvvatlashingizni his qildik. Sizlarsiz zerikyapmiz, - deyiladi klubning "Instagram" sahifasida qoldirilgan izohida.
Fikrlar