
Belarus chempionatini "yondirgan" legionerimizning narxi oshdi
Futbolchilarning transfer narxlari bilan shug‘illanuvchi "Transfermarkt" portali Belorus Oliy ligasi o‘yinchilarining yangilangan narxini e’lon qildi.
Manbaning xabariga ko‘ra, "Energetik-BGU" safida harakat qilayotgan legionerimiz Bobir Abdixolikov 1 million evro etib belginlangan. Uning avvalgi narxi 800 ming evro edi.
Ma’lumot uchun, Bobir yakunlangan mavsumda 32 ta o‘yinda maydonga tushib, 27 ta gol urdi va 8 golga assistentlik qildi.
Fikrlar