
Belarus chempionatini "yondirgan" legionerimiz kuchliroq ligaga yo‘l oladi
O‘zbekiston terma jamoasi va "Energetik-BGU" klubi futbolchisi Bobir Abdiholiqov jamoasini o‘zgartiradi. Bu haqda SPORTS.uz sayti jurnalisti Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaev xabar tarqatdi.
Manbaning yozishicha, futbolchi bilan bir nechta xorij klublari qiziqib qolgan. Ular orasida, Turkiya jamoalari ham bor. Agar hech qanday muammo yuzaga kelmasa, tez orada Abdiholiqov yanada kuchliroq birinchilikka yo‘l olishi mumkin.
Bobirning o‘zi faoliyatini boshqa chempionatda davom ettirishni istamoqda. Shu bois, transfer amalga oshishi ehtimoli juda yuqori. Voqealar rivojini kuzatamiz.
Fikrlar