
Bekxem va xotini koronavirusga chalinib bo‘lgan
Angliyalik futbol yulduzi Devid Bekxem va uning turmush o‘rtog‘i Viktoriya koronavirus bilan og‘rigan. Bu haqda The Sun nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, afsonaviy juftlik bahordayoq ushbu kasallikni boshdan o‘tkazgan. O‘shanda er-xotin birga AQShga uchib ketgan va ko‘plab tadbirlarda ishtirok etgan. Bekxemlar Angliyaga qaytib kelgach, o‘zlarini yomon his qila boshlagan va bir muddat karantinda bo‘lgan. Ammo ular kasallik haqida ommaga ma’lum qilmadi.
45 yoshli Devid Bekxem AQShning “Inter Mayami” klubi xo‘jayinlaridan biri hisoblanadi. Uning jamoasi bu yil MLSda debyut mavsumini o‘tkazmoqda.
Fikrlar