
Bekxem PSJ - ”Real” uchrashuvida qaysi jamoaga muxlislik qilishini aytdi
Afsonaviy futbolchi Devid Bekxem bugun bo‘lib o‘tadigan PSJ - ”Real” o‘yini oldidan o‘z fikrlarini ma’lum qildi. Aytishicha, u qaysi tomon darvozaga to‘p kiritsa ham golni bir xil emotsiya bilan nishonlaydi.
”Men xursandman. Sababi, bugun stadionda bo‘lmayman.
Men o‘ynagan ikki klub o‘yinini jonli kuzatish ajoyib va yoqimli bo‘ladi. Biroq ochig‘ini aytsam, uyda televizor qarshisida ushbu super bahsni kuzatishni afzal ko‘raman.
Shunda men qaysi klub gol ursa ham quvonch bilan golni nishonlashim mumkin bo‘ladi. Stadionda goldan keyingi hissiyotlarimni ko‘rgan muxlislar boshqa hayolga borishlari aniq. Kamina faqat chiroyli futbolga muxlislik qiladi“, - dedi angliyalik sobiq futbolchi.
Fikrlar