
"Bayer"ga Frantsiyadan murabbiy keladi
Frantsiyaning "Monako" klubi bosh murabbiyi Adolf Xyutter Germaniyaning "Bayer" jamoasida Xabi Alonsoning o‘rnini egallashi mumkin. Bu haqda "L'Equipe" nashri ma’lum qilmoqda.
Manba xabariga ko‘ra, leverkuzenliklar rahbariyati Xyutterning jamoani hozirgi darajasini saqlab qolishga qodir ekaniga ishonch bildirmoqda. Avstriyalik mutaxassis 2023 yildan beri "Monako"ni boshqarib kelmoqda.
Jamoa uning rahbarligida unvonni qo‘lga kirita olmagan bo‘lsa-da, birinchi mavsumda ikkinchi pog‘onani egalladi va hozirda "Marsel"dan 1 ochko orqada qolib, uchinchi o‘rinda bormoqda.
Avvalroq, xabar qilinganidek, "Bayer"ga 3 ta sovrin keltirgan Xabi Alonso mavsum yakunida "Real Madrid"ga o‘tadi.
Fikrlar