
"Bayer" Xabi Alonsoning ketishiga tayyorlanmoqda
"Bayer" bosh murabbiyi Xabi Alonso kelasi yili kattaroq klubga o‘tishi mumkin. Leverkuzenliklar ispaniyalik mutaxassisning ketishiga hozirdan tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqda Transfer News Live nashri xabar bermoqda.
Manbaning qayd etishicha, Xabi Alonso "Real" va "Manchester Siti" klublari e’tiboriga tushgan. Aytish joizki, o‘tgan mavsumda Xabi Alonso boshqaruvidagi "Bayer" Germaniya chempionati va kubogida zafar quchib "oltin dubl" qayd etdi.
Ayni vaqtda leverkuzenliklar Germaniya chempionati turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.
Fikrlar