"Bayer" uni 100 milliondan kamiga qo‘yib yubormaydi

  • 14 may, 2020, 08:08
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Leverkuzenning "Bayer" klubi o‘zining iqtidorli yarim himoyachisi Kay Xavertsni 100 million evrodan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas. Bu haqda Bild nashri xabar bermoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, “dorishunoslar” koronavirus tufayli futbolda yuzaga kelgan moliyaviy inqirozga qaramay, 20 yoshli futbolchisining narxini pastlatmoqchi emas. Unga esa "Real", "Bavariya", "Barselona", "Chelsi" va "Manchester Yunayted" klublari xaridor bo‘layotgan edi.

Xaverts joriy mavsum “Bayer” safida 34 ta o‘yinda maydonga tushdi va 10 ta gol hamda 8 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi esa 2022 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!