
"Bayer" "Real" ko‘zlagan futbolchi bilan shartnoma imzoladi
Argentinaning "River Pleyt" klubi yarim himoyachisi Esekel Palasios "Bayer" bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda leverkuzenliklar rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 21 yoshli futbolchi nemis klubi bilan 2025 yilga qadar shartnoma imzolagan. Uning transferi esa “dorishunoslar”ga 21,5 mln evroga tushgan.
Eslatib o‘tamiz, Palasios uchun shuningdek “Real” ham qiziqish bildirgan edi. Ammo, madridliklar uni sotib olisholmadi.
Ma’lumot uchun, Palasios “River Pleyt” safida 2015 yildan buyon to‘p surib kelayotgan edi. U o‘tgan davr mobaynida 77 ta o‘yinda maydonga tushdi va 7 ta gol hamda 10 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Argentina terma jamoasi safida 4 ta o‘yinda maydonga tushdi.
Fikrlar