"Bayer" rahbari Xavertsning klubdan ketish istagi borligini tasdiqladi

  • 15 avgust, 2020, 20:46
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bayer" ijrochi direktori Fernando Karro jamoa yarim himoyachisi Kay Xavertsning yangi klubga o‘tish istagini inkor etmadi.

Tecno

"Bu tabiiy hol. Evropa Ligasidagi ishtirokimizni yakunlaganimizdan so‘ng muzokaralarga tayyorligimizni aytgandik. Ammo haligacha birorta rasmiy taklif olganimiz yo‘q.

Kay faoliyatida yangi sahifa ochish niyati borligidan bizni voqif etgan. Balki, bu tez orada amalga oshar. Men hozir aniq ayta olmayman. 

Bir nechta klublar uni kelgusida o‘z jamoalarida ko‘rishni istayotganidan xabarim bor", - deydi ispaniyalik futbol rasmiysi.

Avvalroq, "Chelsi" nemis vunderkindiga 76 mln evro to‘lashga tayyorligini ma’lum qilgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!