
"Bayer" jamoa hujumchisiga narx belgiladi
Viktor Bonifase "Bayer"ni tark etishi mumkin. Bu haqda "Bild" nashri xabar bermoqda.
Nigeriyalik hujumchi nemis klubining yozgi transferlar oynasida sotishni rejalashtirgan asosiy futbolchilardan biri hisoblanadi. Leverkuzen klubi futbolchi uchun 50 million evro olishni ko‘zlamoqda, biroq o‘yinchining o‘zi jamoadan ketish niyatida emas
Ma’lumot uchun, o‘tgan qishda futbolchining "An-Nasr"ga o‘tishi amalga oshmay qolgandi.
Bonifase o‘tgan mavsumda Bundesliganing 19 ta o‘yinida 8 ta gol urgan va 1 ta golli uzatma bergan.
Fikrlar