
"Bayer" futbolchisi Evropa ligasida eng yaxshi, deb topildi
UEFA rasmiy saytida Evropa ligasi guruh bosqich 6-turining eng yaxshi futbolchisini aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan so‘rovnoma o‘z yakuniga etdi.
Unga ko‘ra, "Bayer" yarim himoyachisi Leon Beyli hammadan ko‘p ovoz to‘pladi va hafta futbolchisi, degan nomga sazovor bo‘ldi. 23 yoshli futbolchi "Slaviya"ga (4:0) qarshi o‘yinda dubl qayd etgan va jamoasining yirik hisobdagi g‘alabasini ta’minlagan edi.
Ushbu nomga Beylidan tashqari, Jovani Lo Chelso ("Tottenxem"), Maksimilian Bayer ("Xoffenxaym") va Ali Sou (TsSKA Sofiya) kabi futbolchilar nomzodi ham bor edi.
Fikrlar