
"Bayer" futbolchisi Bundesligada gol urgan eng yosh futbolchiga aylandi
Avval xabar berganimizdek, bugun Bundesliganing 30-turida “Bavariya” safarda “Bayer” mehmoni bo‘ldi va 2:4 hisobida g‘alaba qozondi.
E’tiborlisi, “dorishunoslar”ni yirik mag‘lubiyatdan qutqarib qolgan Florian Virt Bundesligada gol urgan eng yosh futbolchi sifatida tarixga kirdi. U 17 yosh 1 oy va 3 kunlik paytida “Bavariya” darvozasini ishg‘ol qildi.
Bungacha esa ushbu rekord Nuri Shaxinga (17 yosh, 2 oy va 21 kun) tegishli edi.
Fikrlar