
"Bayer" Evropa ligasini tark etgach, "Chelsi" Xaverttsning transferi bo‘yicha muzokaralarni faollashtirdi
“Chelsi” rahbariyati “Bayer” Evropa ligasidagi yurishini to‘xtatganidan so‘ng, Kay Xaverttsning transferi bo‘yicha muzokaralarni faollashtirmoqchi.
ESPN tarqatgan xabarga ko‘ra, “dorishunoslar” kecha “Inter”ga mag‘lub bo‘lib, musobaqani tark etgach, “aristokratlar” shunday qarorga kelgan. Muzokaralarda Petr Chex ishtirok etmoqda. Sobiq darvozabon “RB Leyptsig” forvardi Timo Vernerning sotib olinishida ham muhim rol o‘ynagan edi.
Londonliklar Germaniya terma jamoasi a’zosi uchun nemis klubiga 90 mln funt berishga tayyor. Futbolchiga esa 5 yillik shartnoma va yiliga 8 mln evro maosh va’da qilinmoqda.
Fikrlar