
"Bayer" Alonso o‘rniga 2 murabbiy topib qo‘ydi
Xabi Alonsoning "Real" klubiga ketishi mumkinligi ortidan "Bayer" uning o‘rnini bosadigan nomzodlar ustida ish boshladi. Germaniya klubi hujumkor uslubni saqlab qoladigan mutaxassis izlamoqda.
"Kicker" nashri ma’lumotiga ko‘ra, "Bayer" rahbariyati murabbiy tanlovida to‘pni nazorat qilishga asoslangan o‘yin uslubini ustuvor deb biladi. Bu jihat Xavi va Erik ten Xag nomzodlarini etakchi safiga olib chiqmoqda.
Xavi — "Barselona"ning sobiq bosh murabbiyi sifatida bu uslubni yaxshi biluvchi mutaxassis. Shu bilan birga, u ingliz tilida erkin gapiradi. Bu esa klub uchun muhim shartlardan biri hisoblanadi. Ayni shu sabab "Real Sosedad"ni tark etayotgan Imanol Alguasil nomzodi ko‘rib chiqilmayapti.
Shuningdek, short-listga kiritilgan yana bir murabbiy — Erik ten Xag. U "Ayaks"dagi davrida yuqori darajadagi paslar va pozitsion hujum asosida o‘yin qurgan. Gollandiyalik mutaxassis faoliyatini Germaniyada boshlagan, aniqrog‘i "Bavariya II" jamoasida. Shu bois nemis tilini yaxshi bilishi ham katta afzallik sifatida baholanmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ten Xag hozircha klub ro‘yxatida birinchi o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar