"Bayer" 21 yoshli "Barselona" futbolchisi uchun 30 mln evrodan voz kechishga tayyor

  • 4 may, 2020, 17:58
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Leverkuzenning "Bayer" klubi "Barselona" himoyachisi Emersonni o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda Kicker nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Unga ko‘ra, “dorishunoslar” 21 yoshli braziliyalik futbolchi uchun “ko‘k-anor ranglilar”ga 30 mln evro to‘lashga tayyor. “Barselona” esa futbolchining shartnomasiga uni qayta sotib olish borasidagi bandni ham kiritmoqchi.

Shu o‘rinda Emersonga "Milan" va "Tottenxem"dan ham qiziqishlar bo‘layotganini aytib o‘tish lozim.

Emerson joriy mavsumni “Betis” safida ijarada o‘tkazmoqda. U sevilyaliklar safida jami 24 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta gol hamda 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning “Barsa” bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!