
Baydarkachimiz Arina Tanatmisheva jahon chempionatida kumush medalga sazovor bo‘ldi
Portugaliyaning Montemor-o-Velyu shahrida shahrida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha U18 va U23 yosh toifasidagi jahon chempionati o‘tkazilayotgani haqida xabar bergan edik.
Unda qatnashayotgan O‘zbekiston terma jamoasi dastlabki medalini qo‘lga kiritdi.
U23 yosh toifasida 1000 metr masofaga kechgan baydarkachilar bahsida Arina Tanatmisheva marra chizig‘ini ikkinchi bo‘lib kesib o‘tdi va kumush medalga sazovor bo‘ldi.
Fikrlar