Baxtiyorning "Atalanta"ga o‘tgani rostmi? Agent aniq javob berdi

  • 2 aprel, 2021, 10:53
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kecha Qozog‘istonning vesti.kz yangiliklar sayti TsSKA klubi va Qozog‘iston milliy terma jamoasi a’zosi Baxtiyor Zaynutdinovning “Atalanta” bilan 5 yillik shartnoma imzolagani haqida xabar tarqatdi.

Tecno

Ammo keyinchalik futbolchining agenti Evgeniy Novikov bu yolg‘onligi va bor yo‘g‘i 1 aprel hazili ekanini ma’lum qilgan. “Bu shunchaki 1 aprel hazili. Men boshqa hech narsa deya olmayman”, - dedi agent.

Aytish lozimki, bundan avval Novikovning o‘zi Baxtiyorga “Atalanta”dan qiziqish borligi haqida gapirgan edi. Ammo keyinchalik uning bu so‘zlari o‘z tasdig‘ini topmadi.

Zaynutdinov joriy mavsum TsSKA safida RPLda jami 19 ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 1 ta gol hamda 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi. Moskva grandi uni 2020 yilning yozida “Rostov”dan 2 mln evroga sotib olgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!