Baxtiyor Ashurmatov "Metallurg"ga alamli tarzda boy berilgan o‘yin haqida nimalar dedi?
O‘zbekiston Superligasi 6-turidan o‘rin olgan "Qo‘qon-1912" - "Metallurg" uchrashuvi mehmonlarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. O‘yindan keyingi matbuot anmumanining ikkinchi qismida qo‘qonliklar bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov bahs xususidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:
"Muxlislarimizni tushunib turibman, ular g‘alaba kutishmoqda. Bugun omad biz tarafda emasdi, futbolchilarimiz yaxshi vaziyatlar yarata oldilar, ammo ulardan foydalana olmadik. "Metallurg" esa o‘z imkoniyatidan maksimal foydalandi.
O‘z uyimizdagi o‘yinlarni yuta olmayotganimiz rost. Muxlislarning qo‘llab-quvvatlashi a’lo darajada. Yana aytib o‘taman, bizga ozgina omad etishmadi.
Jamoamizda bir qator futbolchilar ro‘za tutgan. Ammo bu mag‘lubiyatimizga sabab deb o‘ylamayman. Yakkakurashlarda futbolchilarim raqib bilan tengma-teng kurasha oldi. Ularning harakatini sust chiqdi deb aytmagan bo‘lardim. Futbol ba’zan juda shafqatsiz. Bugungi birinchi taymda namoyish etgan o‘yinimiz, o‘ylashimcha, mavsumdagi eng yaxshisi bo‘ldi. Biroq, g‘alaba raqib tarafda bo‘ldi.



Fikrlar