“Bavariya”ning yangi bosh murabbiyi Vensan Kompani uchta yulduzdan voz kechdi

  • 19 iyul, 2024, 22:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

O‘tgan mavsum chempionlikni “Bayer”ga boy bergan “Bavariya” bosh murabbiylikka Vensan Kompanini olib keldi.

Sky Sport nashrining ma’lum qilishicha, Kompani kelasi mavsumda o‘zi foydalanmaydigan o‘yinchilar nomini oshkor qildi. Unga ko‘ra, “Bavariya”da anchadan beri o‘ynab kelayotgan 28 yoshli Kingsli Koman va 29 yoshli Leon Goretska yoz ichi o‘ziga yangi jamoa topishi kerak.

Shuningdek, 29 yoshli Serj Gnabriga yaxshi taklif tushadigan bo‘lsa, myunxenliklar bu o‘yinchini ham ushlab qolmaydi.

Yaqinda niderlandiyalik himoyachi Matteys de Ligt “Manchester Yunayted”ga o‘tishga yaqin turgandi. Biroq klublar o‘rtasidagi muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qoldi.

Belgiyalik bosh murabbiy oldiga “Bavariya”ga chempionlik qaytarish va Chempionlar ligasida muvaffaqiyat qozona oladigan jamoa shakllantirish vazifasi qo‘yilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!