"Bavariya"ning yana bir etakchi futbolchisi PSJga qarshi o‘ynamaydi

  • 6 aprel, 2021, 20:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Bavariya” yarim himoyachisi Serj Gnabrining koronavirusga qarshi topshirgan testi musbat chiqdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

Tecno

Xabarda aytilishicha, 25 yoshli germaniyalik futbolchi o‘zini yaxshi his qilmoqda. U hozirda o‘z uyida karantinga olingan.

Endi Gnabri ertaga UEFA Chempionlar ligasi 1/4 finalidan o‘rin olgan PSJga qarshi dastlabki o‘yinni o‘tkazib yuboradi.

Bundan avvalroq myunxenliklar to‘purari Robert Levandovski jarohati sabab PSJga qarshi o‘ynamasligi ma’lum qilingan edi. O‘z navbatida PSJning 6 nafar etakchi futbolchisi turli sabablarga ko‘ra “Bavariya”ga qarshi o‘yin qaydnomasiga kiritilmagan.

"Bavariya" – PSJ o‘yini 7 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi. Ularning javob o‘yini 14 aprel kuni Parijda bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!